Foydalanish shartlari

Platforma nima qiladi

Agromagnat — e'lonlar taxtasi. Biz sotuvchi va xaridorni bog'laymiz, lekin oldi-sotdining o'zida ishtirok etmaymiz: pul platformadan o'tmaydi, tovar biz orqali yetkazilmaydi.

Sotuvchi javobgarligi

E'londagi ma'lumot — hajm, narx, sifat, joylashuv — to'g'ri bo'lishi uchun javobgarlik sotuvchida. Faqat o'zingizda mavjud va sotishga haqli bo'lgan mahsulotni joylang.

Taqiqlanadi

  • Qishloq xo'jaligiga aloqasi yo'q mahsulot
  • Qonun bilan taqiqlangan tovarlar
  • Yolg'on narx yoki hajm, takroriy va spam e'lonlar
  • Boshqa shaxs nomidan uning roziligisiz e'lon joylash

Moderatsiya

E'lonlar tekshiruvdan o'tadi. Shartlarga zid e'lon bloklanishi, takroriy buzilishda hisob to'xtatilishi mumkin. Shikoyat tugmasi har bir e'lon sahifasida.

E'lon muddati

Har bir e'lon joylangandan 14 kun o'tib avtomatik arxivlanadi. Uni qayta faollashtirish mumkin.

Kelishmovchilik

Sotuvchi va xaridor o'rtasidagi nizolarga platforma tomon emas. Biz faqat moderatsiya va shikoyatlar bo'yicha choralar ko'ramiz.