Maxfiylik siyosati
Qanday ma'lumot yig'amiz
- Telefon raqam— ro'yxatdan o'tish va kirish uchun. Parol saqlanmaydi.
- Ism— xaridor sizni shu nom bilan ko'radi.
- Hudud va tuman— e'lonni hududiy filtrlash uchun.
- E'lon ma'lumotlari — matn, rasm, narx, hajm.
- Statistika— e'lon necha marta ko'rilgani va qo'ng'iroq tugmasi necha marta bosilgani.
Telefon raqamingiz kimga ko'rinadi
E'lon joylaganingizda telefon raqamingiz o'sha e'lon sahifasida ochiq ko'rinadi — xaridor sizga qo'ng'iroq qilishi uchun aynan shu kerak. E'lon joylamasangiz, raqamingiz hech kimga ko'rinmaydi.
Nima qilmaymiz
Ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.
Saqlash joyi
Foydalanuvchi ma'lumotlari O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi.
Hisobni o'chirish
Hisobingizni va e'lonlaringizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin. Buning uchun profil bo'limidagi «Yordam» orqali murojaat qiling.